» » Kasanachi qanday zayom oladi?

Kasanachi qanday zayom oladi?


Vazirlar Mahkamasi qarori bilan “Kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Konsorsium” MChJ tomonidan zayom berish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi. Bu haqda Norma xabar bermoqda. 

Nizomga ko‘ra, zayom berish yoki uni berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab 3 ish kuni doirasida qabul qilinadi.

Eng yuqori miqdori eng kam ish haqining 100 barobari (buyurtmanoma berish sanasiga) bo‘lgan zayom bir nafar kasanachiga yoki buyurtmachiga 3 yil muddatga beriladi. Asosiy qarzni qaytarish 6 oylik imtiyozli davr tugagandan keyingi oydan boshlanadi.

Zayomdan foydalanganlik uchun foiz stavkasi Markaziy bankning zayom shartnomasi tuzish kunidagi qayta moliyalashtirish stavkasidan yuqori bo‘lmagan miqdorda belgilanadi. Foizlar har kuni zayom bo‘yicha qarzning amaldagi qoldig‘iga hisoblanadi va shartnomada ko‘rsatilgan jadval bo‘yicha so‘ndiriladi.

Bunda majburiyatlar ta’minotining quyidagi turlari qabul qilinadi:

Sotib olinadigan tovarlar (zamonaviy mashinalar va asbob-uskunalarni sotib olish uchun zayom berishda);

Ko‘char va ko‘chmas mulk garovi;

Qimmatli qog‘ozlar;

Tijorat banki yoki sug‘urta tashkilotining kafolati;

Uchinchi shaxsning kafilligi;

Sug‘urta polisi.

Quyidagi hollarda zayom berilishi rad etilishi mumkin:

Zarur tarzda rasmiylashtirilmagan hujjatlarning taqdim etilishi;

Taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz va yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarning mavjudligi;

Ilgari berilgan zayomlar bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorlikning mavjudligi;

Buyurtmachida soliqlar, shuningdek, tijorat banklarining kreditlari va xizmatlari bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorlikning mavjudligi.

Ma’lumot uchun, Konsorsium Toshkentda tijorat banklari tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, uning boshlang‘ich ustav jamg‘armasi 50 milliard so‘mni tashkil etadi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (11-09-2017, 19:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют