» » Nima uchun parhezlar samara bermaydi?

Nima uchun parhezlar samara bermaydi?


Siz eng samaralisini tanlash uchun ko‘plab parhezlarni sinab ko‘rdingiz, lekin foydasi bo‘lmadi. Hamma gap shundaki, eng yaxshi parhez — bu parhezdan voz kechish.

Hozirgi zamonda odamlar nima qilib bo‘lsa ham yaxshiroq ko‘rinishga ega bo‘lishga harakat qilishadi.

Aslida buning uchun organizmning tuzilishini tushunib olish va juda oddiy uchta maslahatga amal qilishning o‘zi yetarli bo‘ladi.

Bu har qanday cheklashlardan ko‘ra yaxshiroq. Bizning tanamiz xuddi mashina kabi ishlaydi. U ham harakat qilish uchun yoqilg‘i talab qiladi. Faqat tana — bu ancha murakkabroq tizim va har xil faoliyatlar uchun unga har xil yoqilg‘i zarur bo‘ladi.

Siz shirinliklardan butunlay voz kechishingiz, vegetarian yoki xomxo‘r bo‘lishingiz shart emas. Faqat turli xildagi ovqatlarni yeng.

Shirinliklardan voz kechmang. Shirinlik — xushbichim qomatning dushmani deb hisoblash odatga aylanib qolgan. Ha, agar siz haddan tashqari ko‘p shirinlik yesangiz, bu to‘g‘ri. Lekin faqat karamning bir o‘zini yeyish ham zararli.

Siz bir umr shirinliklarsiz yashay olasizmi? Yo‘q albatta. Chiday olmaysiz va ertami-kechmi yarimta qaymoqli tortni yeb tugatasiz. Keyin esa sog‘liq bilan bog‘langan muammolar paydo bo‘ladi.

Shuning uchun qandaydir bir xil oziq-ovqatlar bilan cheklanib qolmasdan, vaqti-vaqti bilan hech bo‘lmasa bir haftada bir marta shirinlik yeb turing.

Ozish uchun iste’mol qilayotganingizga qaraganda ko‘proq kaloriya sarflashingiz kerak bo‘ladi.

Faraz qilaylik, siz har kuni 1 km dan yugurishga va 10 martadan otjimaniye qilishga qaror qildingiz. Va siz qancha qiynalsangiz ham bu rejangizni amalga oshirishga harakat qilasiz.

Ikki haftadan keyin nima bo‘ladi? Bu endi sizga unchalik qiyin ko‘rinmaydi. Siz chidamliroq bo‘lib borasiz va asta-sekinlik bilan og‘irlikni oshirib borishingiz mumkin.

Oz-ozdan boshlang va bir qancha vaqt o‘tgandan so‘ng erishgan natijalaringizdan o‘zingiz ham hayron qolasiz.

Manba: Weekend Rambler

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-09-2017, 23:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют