» » Video: Chet elda pasportini yo‘qotgan odam kimga murojaat qilishi kerak?

Video: Chet elda pasportini yo‘qotgan odam kimga murojaat qilishi kerak?


Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish Bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda fuqarolarning pasport yo‘nalishi bo‘yicha barcha murojatlarini hal qilish yuzasidan qator tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanali maxsus reportaj tayyorladi.

“Xorijda ta’lim olish yoki ishlash maqsadida vaqtincha istiqomat qilayotgan o‘zbekistonliklar ham yo‘q emas, — deyiladi materialda. — O‘zga yurtda shaxsni tasdiqlovchi hujjatni yo‘qotib qo‘yish yoki uni yaroqsiz holatga keltirish muammoli vaziyatlardan biri. Xo‘sh, bunday paytda fuqaro qanday yo‘l tutishi kerak? Bu savol ko‘pchilikni qiziqtirishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi konunchiligiga muvofiq, chet mamlakatda o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatini yo‘qotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, eng avvalo, Tashqi ishlar vazirligining o‘sha davlatdagi konsullik muasasalariga murojat qilib, u yerdan O‘zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasini rasmiylashtirishlari lozim”.

Yana bir jihat, mazkur sertifikat O‘zbekistondan doimiy ro‘yxatdan chiqib ketgan fuqarolarga hamda O‘zbekiston hududidagi doimiy ro‘yxati bekor qilingan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga berilmaydi. Qaytish guvohnomasini olib, O‘zbekistonga qaytgan fuqaro pasport olish uchun o‘n kundan kech bo‘lmagan muddat ichida sertifikatni doimiy yashash joyidagi Ichki ishlar idoralariga topshirishi lozim bo‘ladi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (11-09-2017, 23:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют