» » B1 darajali sertifikat olish uchun nima qilish kerak? Profi Education bu haqda video tayyorladi

B1 darajali sertifikat olish uchun nima qilish kerak? Profi Education bu haqda video tayyorladi


Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim muassasalarida chet tillarini o‘qitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 2018-yil 1-yanvardan boshlab malaka sertifikatiga ega bo‘lgan talabgorlarga sertifikatni olgandan boshlab 3 yilgacha ma’lum bir imtiyozlarga ega bo‘lishi nazarda tutilgan.

Qarorning abituriyentlar uchun muhim jihati shundaki, oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kirish test sinovlari majmuasiga chet tili (ingliz, nemis, fransuz) fani kiritilgan yo‘nalishlarda chet tili fanidan belgilangan maksimal ballni qo‘lga kiritish uchun B1 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatiga ega bo‘lish talab qilinadi.

Agar abituriyent B1 darajadagi milliy sertifikatga ega bo’lsa, u 1-avgust imtihonlarida chet tilidan imtihon topshirmaydi va abituriyentga chet tilidan olishimi mumkin bo‘lgan eng yuqori ball qo‘shib beriladi.

Profi Education jamoasi quyidagi video orqali bu sertifikatning olish tartibi, uning xalqaro IELTS imtihonidan farqlari to‘g‘risida ma’lumot berdi. To’liq video bilan “Daryo.uz” sayti orqali tanishishingiz mumkin.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (11-09-2017, 23:57)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют