» » Xitoy benzin va dizel dvigatelli avtomobillarni mamlakatda ishlab chiqarish va sotishni taqiqlaydi

Xitoy benzin va dizel dvigatelli avtomobillarni mamlakatda ishlab chiqarish va sotishni taqiqlaydi


Xitoy mamlakat hududida faqat benzin yoki dizel dvigateli bilan jihozlangan avtomobillar ishlab chiqarish va sotishdan voz kechishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Meduza xabar berdi.

“Taqiq kiritilishining aniq sanasi hukumatda muhokama qilinmoqda”, — deb ma’lum qilgan Xitoy sanoat va axborot texnologiyalari vaziri o‘rinbosari Sin Gobin.

Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, faqat benzin yoki dizel dvigateli bilan jihozlangan avtomobillarga taqiq qo‘yilishi atrof-muhitga va xitoy avtosanoatining rivojiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.

O‘z navbatida, Xitoyning yengil avtomobil eksoportchisi Chery Automobile Co kompaniyasi raisi Lyu Chjitszyaning ma’lum qilishicha, taqiq 2040-yildan keyin kiritilishi mumkin. Bu vaqtga borib Fransiya va Buyuk Britaniya ham xuddi shunday ishga qo‘l urishni rejalashtirmoqda. “Bunday cheklovga tayyorlanish uchun xitoy bozoriga vaqt kerak”, — degan kompaniya rahbari.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (12-09-2017, 05:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют