» » Farg‘ona viloyatining bir qator tumanlarida uy-joyga ehtiyojmand oilalarga yangi uylar topshirildi

Farg‘ona viloyatining bir qator tumanlarida uy-joyga ehtiyojmand oilalarga yangi uylar topshirildi


Farg‘ona viloyatining bir qator tumanlarida uy-joyga ehtiyojmand oilalarga yangi uylarni topshirish tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Uy topshirish marosimlari Oltiariq tumanida ham ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Tuman hokimligi va faollari ishtirokida o‘tgan tadbirda mamlakatda hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasligi, ijtimoiy himoya davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan ekani ta’kidlandi.

Yangi uylarning egalaridan biri — birinchi guruh nogironi Uliver Fozilova. U yolg‘iz farzandini o‘zi tarbiyalab kelmoqda. U 15 yildan buyon onasining 3 xonali uyida akasi, kelinoyisi bilan istiqomat qilardi. Beshariq tumanida yangilangan namunaviy loyihalar asosida qurib bitkazilgan ikki qavatli uydan 3 xonali xonadon kaliti unga tantanali ravishda topshirildi.

Dang‘aralik G‘ofurovlar imkoniyati cheklangan bo‘lishiga qaramay, oilaviy kasanachilik bilan shug‘ullanadi. Qunduzxon II guruh, turmush o‘rtog‘i Saidjon III guruh nogironi. Oilaga viloyat hokimligi tomonidan berilgan tikuv mashinasida uy pardalari, ro‘zg‘or buyumlari tikib, daromad topmoqda, deyiladi O‘zA xabarida.

Dang‘ara tumanining Navbahor mahallasida qurib bitkazilgan 2 qavatli, 16 xonadondan iborat arzon uylarni egalariga topshirish marosimi haqiqiy shodiyonaga aylandi, deb yozmoqda O‘zA.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (12-09-2017, 07:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 110) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют