» » Bir necha soatdan so‘ng Mirabror Usmonov o‘rniga O‘FFga yangi prezident saylanadi

Bir necha soatdan so‘ng Mirabror Usmonov o‘rniga O‘FFga yangi prezident saylanadi


Bugun — 12-sentabr kuni O‘zbekiston futbol federatsiyasiga yangi prezident saylanadi. Hisobot-saylov konferensiyasi 10:00 da start oladi.

Ayni paytda Oliy Liga klubi vakillari, murabbiylar, rahbariyat va viloyat futbol federatsiyalari yetakchilari Toshkentdagi Radisson Blu mehmonxonasida bo‘lib turibdi. Shuningdek, konferensiya mehmonlarini ro‘yxatga olish jarayoni davom etmoqda.

Bungacha e’lon qilingan norasmiy xabarlarga ko‘ra, O‘FF prezidenti Mirabror Usmonov o‘z vakolatlarini topshiradi. Katta ehtimol bilan uning o‘rnini “Paxtakor” vitse-prezidenti bo‘lib ishlab kelayotgan Umid Ahmadjonov egallaydi. Xabarlar orasida “Bunyodkor” vitse-prezidenti Murod Aliyevning Farhod Magomedov o‘rniga PFL direktori etib tayinlanishi mumkinligi ham qayd etilgan.

Norasmiy manbalar, shuningdek, O‘FF vitse-prezidentlari hisoblangan Sardor Rahmatullayev hamda Asqar Tolibjonov o‘z lavozimida qolishi mumkinligi haqida aytgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (12-09-2017, 09:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют