» » Koreya fan va texnika ilg‘or instituti delegatsiyasi Toshkentdagi Inha universitetiga tashrif buyurdi

Koreya fan va texnika ilg‘or instituti delegatsiyasi Toshkentdagi Inha universitetiga tashrif buyurdi


Koreya fan va texnika ilg‘or instituti (KAIST) ning Global tijorat markazi (Global Commercialization Centre, GCC) direktori Choy Mun-ki rahbarligidagi delegatsiya Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT)ga istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilish uchun tashrif buyurdi. Bu haqda universitet sayti xabar bermoqda.

IUT Rektori Sarvar Boboxo‘jayev, IUT ning birinchi prorektori Cho Vo Sug, Mirzo Ulugbek Innovation Center Innovatsiya markazi direktori Xurshid Sultonov mehmonlarni qutladi.

Uchrashuv davomida IUT ning birinchi prorektori Cho Vo Sug axborot texnologiyalari hamda logistika yo‘nalishi bo‘yicha kadrlarni tayyorlaydigan universitetning faoliyati to‘g‘risida gapirib berdi. Mehmonlarga shuningdek, yoshlar o‘rtasida aniq fanlarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda o‘qituvchi-professor va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

O‘z navbatida, Xurshid Sultonov 2017-yilning 30-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan tashkil etilgan Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha «Mirzo Ulugbek Innovation Center» Innovatsiya markazining taqdimotini o‘tkazdi. Mehmonlar mazkur Markazning O‘zbekistonda axborot texnologiyalarini rivojlantirish uchun tashkil etilganligi to‘g‘risida xabardor qilindi. Qayd etildiki, Markaz rezidenti bo‘lgan yuridik shaxslar qator soliq va bojxona imtiyozlariga ega bo‘ladi.

KAIST GCC vakillari Janubiy Koreyaning yetakchi texnik universitetlaridan birining, jumladan Global tijorat markazi faoliyati to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi. Koreya tomonining qayd etishicha, Global tijorat markazi dunyoning turli burchaklarida Koreya texnologiyalarini targ‘ib qiladi.

Taqdimotlardan so‘ng, tomonlar ikki tashkilot o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildi. Jumladan, Mirzo Ulugbek Innovation Center loyihasi doirasida hamkorlik qilish masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv so‘nggida Choy Mun-ki Toshkent shahridagi Inha universitetining faxriy mehmonlar uchun kitobida o‘z dil so‘zlarini yozib qoldirdi. Delegatsiya a’zolari shuningdek, talabalar va o‘qituvchilar uchun qurilgan yangi kampus bilan ham tanishdi.

 

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (12-09-2017, 10:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют