» » Oliy Majlis Qonunchilik palatasida davlat budjetining 2017-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi muhokama qilindi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida davlat budjetining 2017-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi muhokama qilindi


2017-yilning 11-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Deputatlar Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining joriy yil I yarim yilligidagi ijrosi yakunlarini ko‘rib chiqdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy budjetlarni shakllantirishda mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda “Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlariga muvofiq aholining real daromadlarini, hayoti darajasi va sifatini oshirish, respublika budjetidan moliyalashtirishga bog‘liqlikni kamaytirish, mahalliy davlat hokimiyati organlarining mustaqilligini kuchaytirish maqsadida hududlarni kompleks rivojlantirishning barqaror moliyalashtirilishini ta’minlash mamlakatimiz budjet siyosatining asosiy vazifasi etib belgilangan.

Ushbu farmon doirasida joriy yilning 1-iyulidan 31-dekabriga qadar Toshkent shahrida va uning tumanlarida ularning budjetlari daromadlari va xarajatlarining yangi tuzilmasini nazarda tutuvchi tajriba o‘tkazilmoqda.

Ushbu chora-tadbirlar natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlarining xarajatlari ulushi davlat budjeti tuzilmasida hisobot yilida 53 foizgacha o‘sdi.

Hududlarning mahalliy budjetlarni mustahkamlashga doir zaxiralaridan va resurs imkoniyatlaridan foydalanishni kengaytirish sohasida olib borilayotgan chora-tadbirlar tufayli o‘tgan davrda bevosita soliqlardan tushgan tushumlar miqdori 5528,7 milliard so‘mni tashkil etganligi hamda 2016-yilning shu davriga nisbatan 793,8 milliard so‘mga, ya’ni 16,8 foizga o‘sganligi deputatlar tomonidan ta’kidlandi.

 

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-09-2017, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют