» » Dubay politsiyasi ukalarini yong‘indan qutqargan bolani mukofotladi

Dubay politsiyasi ukalarini yong‘indan qutqargan bolani mukofotladi


Dubay politsiyasi qutqaruvchilar kelguniga qadar yonayotgan uydan ukalarini qutqargan 12 yoshli bolani mukofotladi, deb xabar beradi GulfNews.

Ikki, to‘rt, sakkiz va o‘n ikki yoshli bolalar uyda kattalar nazoratisiz, yolg‘iz qolgan edi. Ulardan eng kichigi o‘t oldirish moslamasini o‘ynay turib, bexosdan uydagi pardani yoqib yubordi.

Uyning yonib ketayotganini ko‘rgan katta aka ukasini olib ko‘chaga chiqardi. Shundan so‘ng uyga qaytib, qolgan ikki ukasiga ham uydan chiqishga yordam berdi.

Keyinroq u uy xizmatchisiga yong‘in haqida xabar berdi va ular birgalikda kastryuldagi suv yordamida olovni o‘chirishga harakat qildi.

Uy ustidan chiqayotgan tutunni ko‘rgan qo‘shnilar qutqaruvchilarni chaqirdi. O‘t o‘chiruvchilar olov tarqalishining oldini oldi.

Politsiya yosh qahramonni qiyin vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qila olishini yuksak baholadi va uni mukofotladi.

Bolalarning otasi qutqaruv xizmati xodimlariga minnatdorchilik bildirib, o‘g‘lining jasoratidan faxrlanishini ma’lum qildi.

 

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (12-09-2017, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют