» » Andijonlik bojxonachilar ko‘ylagi yoqasiga tikilgan tilla taqinchoqlarni noqonuniy olib o‘tishga uringan ayolni to‘xtatib qoldi

Andijonlik bojxonachilar ko‘ylagi yoqasiga tikilgan tilla taqinchoqlarni noqonuniy olib o‘tishga uringan ayolni to‘xtatib qoldi


Andijon viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tilla va zargarlik buyumlarining noqonuniy olib kirilishiga doir navbatdagi bojxona qoidabuzarligini fosh qildi. Bu haqda Andijon viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

“Do‘stlik” chegara bojxona kompleksi orqali qo‘shni davlatdan kirib kelayotgan xorijiy fuqaro Z.To‘xtasinova belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida va bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida ma’lum qilmasdan turib, 31 dona tilla taqinchoqlarni olib kirishga uringani fosh bo‘ldi.

Ushbu ayol uzuk va sirg‘alarni ko‘ylagining yoqasi ostiga yashirincha tikib qo‘ygan, shuningdek, 1 dona zanjirni ko‘ylagining uzun yengi ostidan bilagiga o‘rab olgan ekan.

Shu tariqa Z.To‘xtasinova qiymati salkam 23 million so‘mlik 114,6 gramm tillalarni noqonuniy ravishda olib kirmoqchi bo‘lgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv jarayonlari davom ettirilmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi xududiga jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni aksiz solig‘i solinmasdan olib kirishning ruxsat etilgan me’yorlariga muvofiq umumiy og‘irligi 30 grammdan ortiq bo‘lmagan qimmatbaho toshlar va kimmatbaho metaldan tayyorlangan 5 donagacha zargarlik buyumlarini olib kirishga ruxsat etiladi.

 

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (12-09-2017, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют