» » Yangi iPhone qanaqa bo‘ladi? Apple taqdimotiga tayyorlanamiz

Yangi iPhone qanaqa bo‘ladi? Apple taqdimotiga tayyorlanamiz


Apple kompaniyasi an’anaviy taqdimotini 12-sentabr kuni o‘tkazishi kutilmoqda. Insider Pro yangi iPhone haqida shu paytgacha tarqalgan mish-mishlarning barchasini bitta joyga to‘pladi.

Avvalo, Apple uch xil modeldagi smartfonni chiqarishi kutilmoqda, bular butunlay yangi versiya, shuningdek, iPhone 7 va 7 Plus’ning yangilanmalari.

Shov-shuvlarga ko‘ra, yangi qurilma kattalashtirilgan o‘lchamdagi egik ekran bilan jihozlanadi. Romi iPhone 7 nikidan ancha kichik bo‘ladi. iPhone romlarining qalinligi ancha kamayishini Apple o‘zi bilmagan holda tasdiqlab qo‘ydi. Bunday modifikatsiya Apple’ga qurilma o‘lchamini o‘zgartirmagan holda ekran maydonini kattalashtirish imkonini beradi.

Apple tasodifan e’lon qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, yangi ekran 1125?2436 pikselli bo‘ladi.

Old kamera uch o‘lchamli zondlash va modellashtirish funksiyasiga ega bo‘ladi, bu nafaqat suratga tushirish, balki tasvirni o‘zgartirishga ham imkon yaratadi.

Orqa kamera vertikal joylashgan ikkita obyektivdan iborat bo‘ladi.

Yangi ekran tufayli iPhone 8 “Uyga” tugmasidan ajraladi, uning funksiyasini dasturli tugma bajaradi.

Yangi iPhone iOS 11 operatsion tizimida ishlaydi. Unda boshqaruv markazi qayta ishlanadi, skrinshotlar olish jarayoni o‘zgartiriladi va Siri ancha yaxshilanadi.

Endi iPhone’ni zaryad moslamasiga ulash hojati bo‘lmaydi — u simsiz quvvat oladi, ammo quvvat uskunasini alohida sotib olishga to‘g‘ri kelishi mumkin.

Yangi iPhone arzon bo‘lmaydi — ba’zi hisob-kitoblarga ko‘ra, uning narxi 1000 dollar va hatto undan ham balandroq bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari, tahlilchilar barmoq izi sensori bilan bog‘liq muammolar tufayli, iPhone 8 savdosi eng ertasi bilan oktabrda boshlanishini aytmoqda.

Ba’zi mish-mishlarga ko‘ra, iPhone 8 faqat qora rangda chiqariladi.

Telefonda naushnik uchun tirqish bo‘lmaydi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-09-2017, 11:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют