» » Tramp terakt xavfi tufayli mamlakatdagi favqulodda holat tartibini yana bir yilga uzaytirdi

Tramp terakt xavfi tufayli mamlakatdagi favqulodda holat tartibini yana bir yilga uzaytirdi


AQSh prezidenti Donald Tramp 11-sentabr, dushanba kuni teraktlar xavfi munosabati bilan mamlakatdagi favqulodda holat tartibini yana bir yilga uzaytirdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmatiga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

“Men 2001-yil 14-sentabrda e’lon qilingan favqulodda holat tartibini bir yilga uzaytiraman”, ? deyiladi Amerika prezidentining bayonotida.

U “2001-yilning 14-sentabrida e’lon qilingan favqulodda holat tartibi va bu bilan bog‘liq vakolatlar terroristik xavf davom etayotgani bois 2017-yilning 14-sentabridan keyin ham o‘z kuchida qolishi kerakligi”ni ta’kidladi.

Qayd etilishicha, mazkur tartib 2001-yilning 11-sentabrida AQShda sodir etilgan teraktlar va mamlakatga qarshi yangi hujumlar xavfi munosabati bilan joriy etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2001-yilning 11-sentabrida AQShda hozirgi davr tarixidagi eng yirik terakt yuz bergan edi.

“Al-Qoida” terrorchilik guruhi jangarilari to‘rt fuqarolik aviatsiyasi samolyotini egallab oldi.

Ulardan biri Nyu-Yorkdagi mashhur Butunjahon savdo markazining shimoliy minorasiga urildi. Ikkinchisi majmuaning ikkinchi minorasiga hujum qildi.

Uchinchi layner Pentagon binosiga kelib soldi, to‘rtinchisi esa yo‘lovchilar terrorchilarga qarshilik ko‘rsatgani bois Pittsburg yaqinida (Pensilvaniya shtati) quladi.

Hujumlar oqibatida uch mingga yaqin kishi halok bo‘ldi. Yana to‘rt mingdan ortiq kishi jarohatlandi.

 

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (12-09-2017, 11:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют