» » Mirabror Usmonov: Terma jamoani Jahon Chempionatiga olib chiqaman, deb va’da bermagandim

Mirabror Usmonov: Terma jamoani Jahon Chempionatiga olib chiqaman, deb va’da bermagandim


O‘FF sobiq prezidenti Mirabror Usmonov hisobot-saylov konferensiyada so‘zga chiqib, tashkilotga yangi saylangan rahbariyatga o‘z maslahatlarini berdi, deb yozdi “Championat.asia”. Undan oldin esa O‘zbekiston milliy terma jamoasini Jahon Chempionatiga olib chiqaman deb va’da bermaganini eslatib o‘tdi.

Barchani tingladim. Kamchiliklar juda ko‘p. Men O‘FF prezidenti bo‘lib, terma jamoani Jahon Chempionatiga olib chiqishga va’da bermaganman. Chunki men futbolimiz tepasiga kelganimda, buning uchun poydevor bo‘lmagan.

Mirabror Usmonov, O‘FF sobiq prezidenti

Mirabror Usmonov, shuningdek, futbol jurnalistlari haqida fikr bildirdi va yangi rahbariyatni tanqiddan qochmaslikka chaqirdi.

Yangi rahbariyat tanqiddan qochmasdan, ularga quloq tutsin! Jurnalistlar doim to‘g‘ri tanqid qiladi, ularni eshitish kerak. Tanqidlar ham har xil bo‘ladi va ularning ko‘pi to‘g‘ri bo‘lib chiqadi. Ishlagan odamni tanqid qilishadi, qo‘lidan hech nima kelmaydigan, ish qilmaydigan odamlar esa hech kim!

Mirabror Usmonov, O‘FF sobiq prezidenti

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (12-09-2017, 13:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют