» » O‘zbekistonlik 11 yoshli dirijyor “G‘aroyib odamlar” ko‘rsatuvida ishtirok etdi (video)

O‘zbekistonlik 11 yoshli dirijyor “G‘aroyib odamlar” ko‘rsatuvida ishtirok etdi (video)


Uspenskiy nomidagi Respublika maxsus musiqiy akademik litseyining skripka yo‘nalishi bo‘yicha beshinchi sinf o‘quvchisi, 11 yoshli dirijyor Asadbek Ayubjonov Moskva davlat simfonik orkestri bilan “Rossiya” telekanalida efirga uzatilgan “G‘aroyib odamlar” ko‘rsatuvida chiqish qildi, deb yozadi “MyDay”.

Shuningdek, Asadbek O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi V.B.Neymerning simfoniya dirijyorligi sinfida ham tahsil oladi.

Asadbek nafaqat O‘zbekistondagi, balki butun dunyodagi eng yosh dirijyorlardan biri hisoblanadi. Taniqli dirijyor Vladimir Teodorovich Spivakovning shaxsan o‘zi termizlik iqtidor egasi Asadbek Ayubjonovni bir necha marta “Moskva do‘stlarni chorlaydi” xalqaro festivaliga taklif etgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-09-2017, 15:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют