» » Rossiya Turkiyaga S-400 zenit raketa tizimlarini yetkazib beradi

Rossiya Turkiyaga S-400 zenit raketa tizimlarini yetkazib beradi


Rossiya va Turkiya S-400 zenit raketa tizimlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnomani imzoladi. Bu haqda Rossiya prezidentining harbiy-texnik hamkorlik masalalari bo‘yicha yordamchisi Vladimir Kojin ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Shartnoma imzolangan va uni bajarish uchun tayyorgarlik ketmoqda. Mazkur hujjat bo‘yicha qabul qilinayotgan qarorlar strategik manfaatlarimiz uchun xizmat qiladi”, — dedi Kojin.

Rossiya prezidenti yordamchisiga ko‘ra, S-400 zenit raketa tizimlariga qiziqish katta va uni xarid qilishga navbat mavjud.

“Bu Janubi-Sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq mamlakatlari va ODKBga a’zo ayrim davlatlar. Buyurtmalar ko‘p, biroq S-400 o‘ta qimmat bo‘lgani sababli hammaning ham uni xarid qilishga qurbi yetmaydi”, — ta’kidladi Kojin.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-09-2017, 15:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют