» » Janubiy Koreyada AQShning THAAD komplekslari joylashtirilishi Xitoy manfaatlari uchun tahdid tug‘dirishi bildirildi

Janubiy Koreyada AQShning THAAD komplekslari joylashtirilishi Xitoy manfaatlari uchun tahdid tug‘dirishi bildirildi


Janubiy Koreyada AQShning THAAD raketaga qarshi tizimlari joylashtirilishi Xitoy manfaatlariga tahdid tug‘diradi. Bu haqda Xitoyning BMTdagi doimiy vakili Lyu Szei ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Amerikaning THAAD raketa komplekslari mintaqadagi strategik balans va xavfsizlik manfaatlariga jiddiy xavf tug‘diradi. Jumladan, Xitoy uchun ham. Biz Koreya yarim orolida raketa komplekslari joylashtirilishini to‘xtatishga chaqiramiz”, — dedi diplomat.

Janubiy Koreya o‘tgan yil iyunida o‘z hududida KXDR tahdididan himoya uchun AQShning THAAD zenit-raketa komplekslarini joylashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilgandi. Quruqlikdagi mazkur tizim ballistik raketalarni tutib qolish uchun mo‘ljallangan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (12-09-2017, 16:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют