» » Nima uchun tunda uyg‘onib ketamiz va buni qanday bartaraf qilish mumkin?

Nima uchun tunda uyg‘onib ketamiz va buni qanday bartaraf qilish mumkin?


Yarim tunda uyg‘onish yoqimsiz holat. Chunki, yana avvalgi xotirjam uyquga qaytish juda qiyin. Yaqingacha shifokorlar bu muammoni bartaraf qilish usullarini topishga harakat qilishdi, lekin bugungi kunga kelib ma’lum bo‘ldiki, tundagi tez-tez uyg‘onishlar inson tabiatiga xos ekan — biz faqatgina boshqa narsalarga chalg‘imasdan dam olish tartibiga tezroq qaytishni o‘rganishimiz kerak.

Uyqusizlik normal holatdir

Kechaning o‘rtasida uyg‘onish mutlaqo normal holat. Bu odam DNK sining bir qismi, deydi tibbiyot fanlari doktori va Garvard universiteti professori Xose Kolon. Uning ta’kidlashicha, aslida hech kim butun kecha uzluksiz uxlamaydi, tun davomida 4-6 marta uyg‘onish esa normal holat hisoblanadi.

Uyqusizlik manbalari

Biologlar hushyor uxlash va kecha davomida bir necha marta uyg‘onish odati bizning o‘tmishdagi ota-bobolarimizdan qolganligini ta’kidlaydi. G‘or odamlari tez uyg‘ona olish, atrofdagi bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfli narsalarni tekshirish va dam olishga ulgurish uchun uyquga tez qaytishga majbur bo‘lishgan.

Uyquga qaytish

Asosiy muammo tez-tez uyg‘onishlarda emas, balki uyquga qaytish qobiliyatidadir. Zamonaviy odam haddan tashqari OAV vasvasasiga berilgan: bir marta uyg‘onishingiz bilan siz ijtimoiy tarmoqlarni tekshirishga qaror qilishingiz aniq va shu bilan sizning dam olishingizni tugadi deb hisoblash mumkin.

Gadjetlar

Yorug‘lik, hatto sun’iy bo‘lsa ham, melatonin ishlab chiqarilishiga xalal beradi. Planshetlar va smartfonlar yomon uyquning asosiy sababiga aylandilar — va o‘z navbatida ertalabki horg‘in holatning ham asosiy sababi. Uxlashdan bir soat oldin kitobga o‘ting: shunda siz dam olishga ancha tezroq kirishasiz.

Stress

Biz hammamiz ko‘pincha yengil stress holatida bo‘lamiz. Shuning uchun charchoqlik oylar davomida yig‘ilib, kichkina ko‘ngilsizlikdan ulkan muammoga aylanishi mumkin. Shifokorlar meditatsiyani sinab ko‘rishni tavsiya qilishadi: bor-yo‘g‘i 10 daqiqalik meditatsiya kundalik stress miqdorining sezilarli darajada kamayishi uchun yetarli ekanligi olimlar tomonidan allaqachon isbotlangan.

Manba: “Zdorovie.com”

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (12-09-2017, 18:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют