» » O‘zbekiston TIVda Lester Universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston TIVda Lester Universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


O‘zbekistton Tashqi ishlar vazirligida 2017-yilning 11-sentabr kuni Buyuk Britaniyaning Lester Universiteti prorektori Sara Dikson boshchiligidagi delegatsiya qabul qilindi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.

Buyuk Britaniyaning yetakchi universitetlaridan biri hisoblangan Lester Universitetining O‘zbekiston ta’lim muassasalari bilan ikki tomonlama munosabatlarini mustahkamlash doirasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan batafsil suhbat bo‘lib o‘tdi.

Sara Dikson 2017-yil 3-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan imzolangan JIDU qoshida Lester Xalqaro tadqiqotlar oliy maktabini yaratish haqidagi hamkorlik Memorandumi haqida so‘zlab berdi. Ushbu hujjatda turli sohalarda birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borish ko‘zda tutilgan, deyiladi vazirlik xabarida.

Uchrashuv chog‘ida ikki mamlakat oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirishda, jumladan Lester Universiteti bilan O‘zbekistonning boshqa universitetlari o‘rtasida aloqalarni kengaytirishga tomonlarda qiziqish borligi ta’kidlandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-09-2017, 19:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 72) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют