» » Huquq-tartibot vakillari O‘zbekistonda eng keng tarqalgan qalloblik uslublari haqida ma’lumot berdi

Huquq-tartibot vakillari O‘zbekistonda eng keng tarqalgan qalloblik uslublari haqida ma’lumot berdi


Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Akromxon Boboxonovning tashabbusiga ko‘ra Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida sudyalar va huquq-tartibot organlari vakillarining mahalla raislari va faol fuqarolari oldida chiqishi tashkil etildi. Tuman vakillariga ular qanday holatlarda qalloblik qurboniga aylanishi yoki jinoyat sherigiga aylanishi mumkinligi haqida gapirib berildi.

“Bugun shaharda qotillik, zo‘ravonlik singari og‘ir jinoyatlar soni qisqardi, ammo ‘qalloblik’ moddasi bo‘yicha ishlar soni ko‘paydi. Shu munosabat bilan biz fuqarolar yig‘inlari raislari bilan suhbatlar o‘tkazib, ularga qalloblarning qurboniga aylanmaslik yo‘llarini tushuntirmoqdamiz. Ular esa, o‘z navbatida, bu ma’lumotni uylar va mahallalar aholisiga yetkazishi lozim. Bundan tashqari, bizning xodimlarimiz uyma-uy yurib, aholi bilan tushuntirish ishlarini olib bormoqda”, — dedi tuman IIB tergov bo‘limi boshlig‘i Bahrom Begaliyev.

Huquq-tartibot organlari xodimlari taqdim etgan ma’lumotlar asosida “Novosti Uzbekistana” nashri eng keng tarqalgan qalloblik turlari ro‘yxatini tuzib chiqdi.

Yuqoridagilarni bayon qilgach, huquq-tartibot organlari vakillari fuqarolarni ogohlikka chaqirdi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (12-09-2017, 19:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 102) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют