» » Muqobil energiya manbalaridan foydalangan jismoniy shaxslar soliq imtiyozlariga ega bo‘ladi

Muqobil energiya manbalaridan foydalangan jismoniy shaxslar soliq imtiyozlariga ega bo‘ladi


O‘zbekiston hukumati muqobil energiya manbalaridan foydalanadigan fuqarolarga soliq imtiyozlari taqdim etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda UzDaily xabar berdi.

“O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 275 va 290-moddalariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi interaktiv davlat xizmatlari portalida muhokama uchun chop etildi.

Hujjatga ko‘ra, bunday manbalardan foydalangan jismoniy shaxslar uch yilga yer solig‘i va mol-mulk solig‘idan ozod qilinishi mumkin. Bunda ular amaldagi elektr tarmoqlaridan butunlay uzilishi talab etiladi.

Ushbu imtiyozning taqdim etilishi uchun asos bo‘lib energiya bilan ta’minlovchi tashkilotlardan beriladigan muqobil energiya manbalaridan foydalanayotganlik haqida ma’lumotnoma xizmat qiladi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (12-09-2017, 20:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют