» » Leo Bokeriyaning Islom Karimov haqidagi xotiralari, Toshkentda bellashayotgan MDH kinologlari, O‘zbekistonda eng keng tarqalgan qalloblik usullari va kunning boshqa muhim xabarlari

Leo Bokeriyaning Islom Karimov haqidagi xotiralari, Toshkentda bellashayotgan MDH kinologlari, O‘zbekistonda eng keng tarqalgan qalloblik usullari va kunning boshqa muhim xabarlari


12-sentabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. Leo Bokeriya: Islom Karimovni asrab qolishning imkoni yo‘q edi. Bakulev nomli yurak-qontomir jarrohligi ilmiy markazi direktori, Rossiya tibbiyot fanlari akademiyasi akademigi Leo Bokeriya O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov bilan bog‘liq xotiralarini o‘rtoqlashdi.

2. MDHning eng sara kinologlari Toshkentda bellashmoqda (video). Toshkentdagi Milliy kinologiya markazida 12-sentabr kuni MDH mamlakatlari bojxona ma’muriyati kinologiya xizmatlarining ko‘pkurash bo‘yicha VII musobaqasi start oldi.

3. Huquq-tartibot vakillari O‘zbekistonda eng keng tarqalgan qalloblik uslublari haqida ma’lumot berdi. Huquq-tartibot organlari vakillari fuqarolarni ogohlikka chaqirdi.

4. O‘zbekiston mehmonxonalari to‘lovlarni faqat so‘mda qabul qiladi. 5-sentabrdan boshlab mehmonxonalar xorijlik fuqarolarga va fuqaroligi yo‘q shaxslarga, jumladan, turistik faoliyat ko‘rsatuvchi subyektlarga ko‘rsatgan xizmatlari uchun to‘lovlarni milliy valyutada qabul qiladi. To‘lov xalqaro plastik kartalar orqali amalga oshirilgan vaziyatlarda ististo qilinadi.

5. Demir Group kompaniyasi “Chorsu” mehmonxonasi bazasida turistik kompleks qurilishiga 33 million dollar kiritadi. “Chorsu” mehmonxonasi to‘liq qayta qurilib, uning o‘rniga zamonaviy mehmonxona va biznes markazi quriladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-09-2017, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют