» » Qonunchilik palatasi fraksiyalari ma’muriy islohotlar konsepsiyasini muhokama qildi

Qonunchilik palatasi fraksiyalari ma’muriy islohotlar konsepsiyasini muhokama qildi


O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Deputatlar Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 8-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonining mazmun-mohiyati hamda fraksiya oldida turgan dolzarb vazifalarni ko‘rib chiqdi.

Ta’kidlanganidek, mazkur farmon 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda muhim qadam bo‘ldi. Xususan, unda davlat boshqaruvi tizimini tubdan isloh qilishning olti asosiy yo‘nalishi belgilab berilgani soha taraqqiyotiga xizmat qiladi. Ma’muriy islohotlarning tizimli amalga oshirilishi ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va samarali hal etishga qodir bo‘lgan, innovatsion rivojlanishning umumjahon tendensiyalariga javob beradigan davlat boshqaruvi tizimini yaratishga asos bo‘ladi.

Shuningdek, “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish orqali davlat xizmatlari ko‘rsatishning samaradorligi ortadi. Mamlakatda ma’muriy islohotlarning amalga oshirilishi “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ezgu tamoyilni hayotga to‘liq tatbiq etishga xizmat qilishi alohida qayd etildi.

Deputatlar sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlarning amalga oshirilishi ustidan parlament va deputat nazorati olib borilishi bo‘yicha fraksiyaning asosiy yo‘nalishlarini muhokama qildi. Jumladan, xususiy tibbiyot muassasalarida tashxis qo‘yish va davolashning zamonaviy texnologik usullarini keng qo‘llash uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda uzoq muddatli lizing xizmatlari, kredit ajratish va moliyaviy yordam ko‘rsatishga oid ishlarning talab darajasida emasligi, mavjud muammolarni tizimli bartaraf etish borasida samarali parlament va deputatlik nazorati olib borishni kuchaytirish lozimligi qayd etildi.

O‘z navbatida, Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida davlat rahbarining “O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni va uning asosida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi”dan kelib chiqadigan partiya va uning fraksiyasi a’zolari oldida turgan muhim vazifalar muhokama etildi.

Deputatlar sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlarning amalga oshirilishi ustidan parlament va deputatlar nazoratini olib borish bo‘yicha fraksiyaning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida ham fikr almashdi. Bu borada olib borilayotgan tizimli ishlar tahlil etildi.

Yig‘ilishda ko‘rib chiqilgan barcha masalalar yuzasidan O‘zMTDP fraksiyasining tegishli qarorlari qabul qilindi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (12-09-2017, 22:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют