» » O‘zbekiston Myanmada musulmonlarga qarshi zo‘ravonlikni qoraladi

O‘zbekiston Myanmada musulmonlarga qarshi zo‘ravonlikni qoraladi


O‘zbekiston Myanmada yuz berayotgan voqealar, ayniqsa roxinja musulmonlariga nisbatan zo‘ravonlik ishlatilayotgani haqidagi faktlar munosabati bilan xavotirda. Bu haqda mamlakat TIV bayonotida aytildi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

“Butunjahon inson huquqlari deklaratsiyasi va BMT yo‘riqnomasiga, shuningdek, Islom hamkorligi tashkiloti yo‘riqnomasi vazifalariga asoslanib, O‘zbekiston har qanday zo‘ravonlik shakllarini qoralaydi va har bir inson irqi, terisining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa qarashlari, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy, toifaviy va boshqa ahvolidan qat’iy nazar barcha huquq va erkinliklar bilan shubhasiz ta’minlanishini yoqlab chiqadi”, — deyiladi bayonotda.

“Shu munosabat bilan biz Myanma rahbariyatini aybsiz musulmonlarga qarshi zo‘ravonlikni to‘xtatish uchun choralar ko‘rishga, muammoni faqat tinch vositalar bilan hal etishga chaqirib qolamiz”, — deyiladi hujjatda.

TIV, shuningdek, O‘zbekiston hukumati Myanma qochqinlari ehtiyojlarini qondirish uchun gumanitar yordam yo‘llash qarorini qabul qilganini bildirib o‘tdi.

Myanmada davom etayotgan roxinja musulmonlariga qarshi qatliom bir muddat ilgari BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Zayd Ra’d al-Husayn tomonidan tanqid ostiga olindi, u mamlakat kuch tuzilmalari o‘tkazayotgan operatsiya “etnik tozalash” deb atadi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (12-09-2017, 23:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют