» » Messi va nihoyat Buffon darvozasiga gol urdi. “Barselona” esa “Yuventus”dan revansh oldi

Messi va nihoyat Buffon darvozasiga gol urdi. “Barselona” esa “Yuventus”dan revansh oldi


Chempionlar Ligasining o‘tgan yilgi mavsumida “Barselona” chorak finalga qadar yetib kelib, Turinning “Yuventus” klubi dovonidan o‘ta olmagandi. O‘shanda kataloniyalik futbolchilar 180 daqiqa davomida Buffon darvozasiga yo‘l topa olmay, umumiy hisobda 0:3 ga yengilgandi.

Joriy mavsumni Ernesto Valverde boshchiligidagi “Barselona” aynan “Yuventus”ni taslim qilishdan boshladi. Uchrashuvda Messi orzusiga erishdi va Buffon darvozasiga 2 ta gol urdi. Tomonlar mavsum avvalida Xalqaro Chempionlar Kubogida to‘qnash kelgan bo‘lib, o‘shanda Neymarning 2 ta goli sabab kataloniyaliklar 2:1 hisobida muvaffaqiyat qozongandi.

Gretsiyada o‘tgan “Olimpiakos” — “Sporting” o‘yinida dastlab mehmonlar 3 ta gol urgan bo‘lsa, uchrashuv yakuniga 5 daqiqa qolganida mezbonlar bunga 2 marta javob qaytardi.

27-sentabr kuni “Barselona”ni Lissabonda, “Olimpiakos”ni esa Turinda o‘yin kutib turibdi.

Yevropa Chempionlar Ligasi
“D” guruhi. 1-tur
12-sentabr, seshanba

Gollar: Lionel Messi, 45 (1:0). Ivan Rakitich, 56 (2:0). Lionel Messi, 69 (3:0).

Gollar: Seydu Dumbiya, 2 (0:1). Jelson Martinsh, 13 (0:2). Brunu Fernandesh, 43 (0:3). Felipe Pardo, 89 (1:3). Felipe Pardo, 90+3 (2:3).

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (13-09-2017, 07:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют