» » Italiyada bir oilaning uch a’zosi vulqon kraterida halok bo‘ldi

Italiyada bir oilaning uch a’zosi vulqon kraterida halok bo‘ldi


Italiyaning Neapoli shahri yaqinida er-xotin va ularning 11 yoshli o‘g‘li Solfatara vulqoni krateriga tushib ketdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, fojea bola sayr qilish taqiqlangan hududga kirgach yuz bergan. Ota-ona bolani xavfsiz joyga chiqarishga harakat qilgan, biroq yer o‘pirilib, ular pastga tushib ketgan. Uchalasi ham gazdan bo‘g‘ilib, halok bo‘lgan.

Oilaning 7 yoshli yana bir o‘g‘li kraterga yaqinlashmagan va jabrlanmagan, biroq fojeaga guvoh bo‘lgan. Ayni vaqtda u bilan psixologlar ishlamoqda.

Qutqaruvchilar tezkorlik bilan hodisa joyiga yetib kelgan va arqonlar yordamida pastga tushgan. Biroq ular yetib borganda oilaning uch a’zosi ham vafot etgan edi. Xabar qilinishicha, oila Turkiyadan kelgan edi. Ota-onaning yoshi taxminan 40 da bo‘lgan.

Neapoli g‘arbida joylashgan Solfatara vulqoni sayyohlar orasida mashhur hisoblanadi. U so‘nggi marta 1198-yilda otilgan va shundan buyon harakatsiz hisoblanadi. Uning krateri tor bo‘lib, unda ko‘p miqdorda oltingugurt gazi va bug‘i mavjud.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-09-2017, 08:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют