» » AQShlik ayolni eri shafqatsizlarcha otib tashladi, ammo u o‘limidan oldin farzandini qotildan qutqarib qoldi

AQShlik ayolni eri shafqatsizlarcha otib tashladi, ammo u o‘limidan oldin farzandini qotildan qutqarib qoldi


AQShlik Jessika Arrendeyl o‘z o‘limidan bir necha soniyalar avval olti oylik farzandining hayotini saqlab qolishga ulgurdi, deb yozadi “Fotoshedevr”.

AQShning Jorjiya shtati Smirna shahrida 33 yoshli Jessikaga uyda mast eri beysbol bitasi bilan tashlanib qoldi. Bu paytda onaning qo‘lida 6 oylik qizchasi ham bor edi. Erkak bergan zarbalarning biri chaqaloqqa ham tegdi va u bosh suyagidan jarohat oldi (ayni paytda qizcha kasalxonada davolanmoqda).

Jessika bolasi bilan vannaxonaga kirib, eshikni yopib oldi, ammo eri Devis eshikni buzib kirib, ayolning boshiga miltiqdan o‘q uzdi. Yerga yiqilayotgan paytda ona hamon qo‘lida farzandini ko‘tarib turardi, ammo u qulashidan oldin qizchani unitazga tushirib, uni o‘z tanasi bilan to‘sib qolishga ulgurdi.

Dahshatli jinoyatdan so‘ng Devis vannaxonadan chiqib, o‘z joniga qasd qildi. Qizcha esa hodisadan 13 soat o‘tib, politsiyachilar tomonidan topildi. Ayni paytda chaqaloq o‘zini ancha yaxshi his qilmoqda, uni buvisi tez orada kasalxonadan olib ketmoqchi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (13-09-2017, 08:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют