» » Amerikada o‘g‘rilar ichida jasadli tobuti bo‘lgan jipni o‘g‘irlab ketdi

Amerikada o‘g‘rilar ichida jasadli tobuti bo‘lgan jipni o‘g‘irlab ketdi


AQShning Nyu-Meksiko shtati Albukerka shahridagi motellardan birining yonida ichiga tobut qo‘yilgan tirkamali jipni noma’lum kimsalar o‘g‘irlab ketdi, deb yozadi New York Post.

Politsiyachilar so‘zlariga ko‘ra, amerikalik er-xotin o‘z qarindoshini dafn qilish uchun Oklaxomadan Nyu-Meksikoga yo‘l olgan. Tunda ular motelda qolgan. Ertalab, turargohdan mashinasini topa olmagach, ular politsiyaga murojaat qilgan. To‘rt soatdan so‘ng tartib posbonlari avtomobilni topishga muvaffaq bo‘ldi, u ichida tobuti bo‘lgan tirkamasi bilan birga tashlab ketilgan edi.

Ayni paytda o‘g‘rilar qidirilmoqda. Er-xotin esa o‘z yo‘lini davom ettirdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-09-2017, 09:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 2) ( 0) ( 2) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют