» » Tuman hokimi maktab direktorlarini kaltaklagani aks etgan video tarqaldi (video)

Tuman hokimi maktab direktorlarini kaltaklagani aks etgan video tarqaldi (video)


“Kun.uz” nashri Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani hokimi Nosirjon Egamberdiyev mahalliy maktablar direktorlarini kaltaklagani aks etgan videoni e’lon qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Rolikda ma’muriyat rahbari deb ataluvchi erkak bir qatorga terilgan direktorlarni navbatma-navbat urishayotgani va kaltaklayotganini ko‘rish mumkin. Tuman hokimining so‘zlaridan anglash mumkinki, maktab direktorlari Mustaqillik bayramiga o‘qituvchilarni olib kelmagani uchun jazolangan.

Zarbalar ikkala qo‘l bilan “gunohkor”larning asosan yelkalariga tushirilgan, ammo ularning ba’zilari yuzidan ham zarba yeb qolgan.

“Kun.uz” o‘z manbasiga tayanib ma’lum qilishicha, tumanda Mustaqillik bayrami avvaliga 25-avgust kuniga belgilangandi, keyin bayram kuni 27-avgustga qoldirilgan. Maktab direktorlarining ayrimlari bayram uchun yiqqan odamlarini 27-avgust kuni ham takroran bayram hududiga olib kela olmagan, ayrimlari bayram qaysi kunga qoldirilganidan bexabar ham bo‘lgan. Natijada 27-avgust kuni bayramda tomoshabin kam bo‘lgan. Viloyat hokimi esa bayram yuqori saviyada tashkillashtirilmagan, deb Nosirjon Egamberdiyevga hayfsan bergan. Shundan so‘ng, tuman hokimi maktab direktorlaridan “alamini olgan”.

Nosirjon Egamberdiyev Sayxunobod tumaniga 2016-yilning oktabrida hokim etib tayinlangandi. U bungacha Sirdaryo viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (13-09-2017, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют