» » Ekspertlar: Shimoliy Koreya sinovdan o‘tkazgan yadro zaryadi quvvati 250 kilotonnani tashkil etadi

Ekspertlar: Shimoliy Koreya sinovdan o‘tkazgan yadro zaryadi quvvati 250 kilotonnani tashkil etadi


Shimoliy Koreya 3-sentabr kuni sinovdan o‘tkazgani yadro zaryadi quvvati trotil ekvivalentida chorak megatonnani (250 kilotonna) tashkil etadi. Bu haqda seysmik faollik tahliliga tayanib, Jon Xopkins universitetining (AQSh) 38 North tadqiqot portali ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”. 

Zaryad quvvatini hisoblab chiqish uchun ekspertlar Qozog‘istonning Aktyubinsk shahridagi seysmik stansiyada olingan portlashdan keyingi yer yuzasining tebranishlariga oid ma’lumotlardan foydalandi. 

Mazkur ma’lumotlarga ko‘ra, yer osti silkinishi kuchi 6,1 ga teng bo‘ldi. Bu esa zaryad kuchi, taxminan, 250 kilotonna bo‘lganini ko‘rsatadi.

Taqqoslash uchun, 1945-yilda Xirosimaga tashlangan yadro bombasi kuchi trotil ekvivalentida 13-18 kilotonnadan iborat bo‘lgan. 

Oldinroq Shimoliy Koreya bombasi portlashi kuchi 100 kilotonna baholangandi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (13-09-2017, 12:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют