» » Kunduzi uyqu kelishining 3 sababi

Kunduzi uyqu kelishining 3 sababi


Uning paydo bo‘lishining 30 dan ortiq sabablari mavjud. Ba’zilari bizning hayotimizni yil davomida zaharlaydi, ba’zilari esa — faqat qishda. Ularni qanday qilib aniqlash va zararsizlantirish haqida mutaxassislarning maslahatlari bilan tanishtiramiz.

Mavsumiy asab buzilishlar

Yilning sovuq fasllarida kunlar juda qisqa bo‘ladi, buning ustiga biz kunning butun yorug‘ qismini deyarli xona ichida o‘tkazamiz. Natijada biz tabiiy yorug‘likni ko‘ra olmaymiz, bu esa juda muhim.

Ko‘z to‘r pardalariga quyosh tushmasa, organizmda uyqu gormoni — melatonin faol ravishda sintezlana boshlaydi. Bir vaqtning o‘zida “baxt gormoni” — serotonin ishlab chiqarilishi kamayadi, buning natijasi kayfiyatning tushishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida — hamma uchun tanish bo‘lgan: uxlashga bo‘lgan moyillikni keltirib chiqaradi.

Vaziyatni yaxshilash uchun, ko‘proq vaqtingizni, ayniqsa kunduzi tashqarida o‘tkazishingiz kerak.

Gadjetlar

Yana bir salbiy omil — yorqin yorug‘lik chiqaruvchi ekranlar. Telefonlar, planshetlar ekranlarining yorug‘ligi ko‘z to‘r pardalariga ta’sir ko‘rsatadi va uyqu gormoni melatonin ishlab chiqarilishiga to‘sqinlik qiladi.

Natijada yarim kechasigacha telefon va planshetlardan foydalangan odam, tunning ikkinchi yarmida zo‘r berib uxlashga harakat qiladi.

Ishdan keyin ekranga qaramaslikka harakat qiling — va tartibni yo‘lga qo‘yish mumkin bo‘ladi: kechasi uxlash va kunduzi bardam bo‘lish.

Uyqusizlik

Agar siz tunda uxlay olmasangiz yoki ko‘p uyg‘onsangiz, tabiiyki, kunduzi uxlagingiz keladi.

Uyqusizlikning o‘nlab sabablari bo‘ladi — va davolash ularga bog‘liq. Ba’zan uning oldini olish juda oson: masalan, agar u kofeinni ko‘p iste’mol qilish oqibatida paydo bo‘lgan bo‘lsa, kunning ikkinchi yarmida achchiq choy yoki qahva ichmaslikning o‘zi yetarlidir.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (13-09-2017, 13:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют