» » Markaziy bank avval sotilgan tovarlar bo‘yicha chet el valyutasida o‘zaro hisob-kitob amalga oshirilishi to‘g‘risida ma’lumot berdi

Markaziy bank avval sotilgan tovarlar bo‘yicha chet el valyutasida o‘zaro hisob-kitob amalga oshirilishi to‘g‘risida ma’lumot berdi


O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi hududida avval sotilgan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha xorijiy valyutada o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirilishi mumkinligi to‘g‘risida kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olgan holda mazkur masala yuzasidan ma’lumot berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5177-sonli Farmoniga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi hududida tovarlar (xizmatlar) uchun xorijiy valyutada to‘lovlarni amalga oshirish taqiqlangan, xalqaro tajribaga muvofiq xalqaro to‘lov kartalari orqali amalga oshiriladigan to‘lovlar bundan mustasno.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 4-moddasiga ko‘ra, fuqarolik qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin vujudga kelgan munosabatlarga nisbatan qo‘llaniladi.
“Fuqarolik Kodeksining yuqorida qayd etilgan me’yoriga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentyabrdagi PF-5177-sonli Farmonidagi mamlakat hududida chet el valyutasidagi to‘lovlarni amalga oshirishni taqiqlovchi tartib ushbu Farmon chiqquniga qadar xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida mamlakat hududida chet el valyutasida sotilgan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirilishida tatbiq etilmasligini ma’lum qilamiz”, — deyiladi xabarda.
Shu munosabat bilan, xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida mamlakat hududida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-sonli Farmoni chiqquniga qadar sotilgan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha chet el valyutasida o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirishga yo‘l qo‘yiladi.
Bunda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentyabrdagi PF-5177-sonli Farmoni chiqquniga qadar sotilgan va mijozlar tomonidan Farmon chiqqanidan so‘ng tovarlarni (xizmatlarni) qaytarish holatlari yuz berganda, mijozlarning tanloviga ko‘ra mablag‘larini chet el valyutasida yoki mablag‘larni qaytarish amalga oshirilayotgan kundagi Markaziy bankning chet el valyutasining so‘mga nisbatan e’lon qilingan kursi bo‘yicha milliy valyutada olish huquqiga ega.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (13-09-2017, 14:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют