» » Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayevning O‘zbekistonga tashrifi oktabr oyiga rejalashtirilgan

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayevning O‘zbekistonga tashrifi oktabr oyiga rejalashtirilgan


Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayevning O‘zbekistonga tashrifi oktabr oyiga rejalashtirilgan. Bu haqda Davlat rahbarining devonxonasiga tayanib, “24.kg” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, prezidentning safari javob tashrifi sifatida qaraladi. Qirg‘iziston prezidentini Toshkentga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘tgan hafta Bishkekka uyushtirgan tashrifi chog‘ida taklif qilgan. Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Bishkekka safari yakunlari bo‘yicha minnatdorchilik maktubini yo‘llagan.

O‘zbekiston rahbari hukumatga yaqin kunlar ichida erishilgan kelishuvlarning to‘liq amalga oshirilishini ta’minlash hamda muzoraka va uchrashuvlar natijasi bo‘yicha imzolangan bitimlar asosida yo‘l xaritasini ishlab chiqish topshirig‘ini bergan.

“O‘zbekiston—Qirg‘iziston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan muzokaralarni davom ettirish uchun O‘zbekistonga javob tashrifini buyurishingizni sabrsizlik bilan kutmoqdaman”, — deyiladi maktubda.

Almazbek Atambayevning Toshkentga tashrifi doirasida biznes-forum, qirg‘iz va o‘zbek ishlab chiqaruvchilarining hamkorlikdagi ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-09-2017, 15:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют