» » Namangan viloyati hokimligi to‘y, ma‘raka marosimlarini o‘tkazish bo‘yicha yangi qaror loyihasini ishlab chiqdi

Namangan viloyati hokimligi to‘y, ma‘raka marosimlarini o‘tkazish bo‘yicha yangi qaror loyihasini ishlab chiqdi


Namangan viloyati hokimligi tomonidan “To‘y-hasham, oilaviy tantana, ma’raka va marosimlar, marhumlar xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini yanada ixchamlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi Hukumat portalida muhokamaga qo‘yildi. Bu haqda UZ24 xabar bermoqda.

Qaror sentabr oyi oxiriga qadar muhokama qilinishi va kuchga kirishi rejalashtirilgan.

Unda bir hafta muddatda Namangan shahar va tumanlar hokimlari raisligida tegishli qarorlar bilan to‘y-hasham, oilaviy tantana, ma’raka va marosimlar, marhumlar xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy komissiyalar tuzish, ularning tarkibiga tuman(shahar)dagi obro‘-e’tiborga, boy hayotiy tajribaga ega bo‘lgan mehnat faxriylari, O‘zbekiston Musulmonlari idorasi hamda huquqni muhofaza qiluvchi idora vakillari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari, shuningdek, mahalla faol(nuroniy)larini kiritish tavsiya etilgan.

O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi hamda keng jamoatchilikning taklif va istaklari inobatga olinib, viloyatda har qanday to‘y va marosimlar bir kunda o‘tkazilishi qat’iy belgilab qo‘yish, Namangan shahrida bo‘lib o‘tadigan to‘y bazmlarni kechki soat 22:00 da to‘xtatish lozimligi nazarda tutilgan.

Kelin-kuyov FHDYoga kelishda 3 tadan ortiq avtoulovlardan foydalanmaslik, shuningdek, avtoulovlarda shahar va tumanlardagi diqqatga sazovor va ko‘ngilochar joylarga sayr qilishda markaziy yo‘l va aylanma yo‘l kesishmalarida tirbandlikka yo‘l qo‘ymaslik haqidagi takliflar ma’qullangan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-09-2017, 15:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 68) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют