» » Mukammal sumkani qanday tanlash kerak?

Mukammal sumkani qanday tanlash kerak?


To‘g‘ri tanlangan sumka, xuddi kiyim kabi ko‘rinishni o‘zgartirish, qiyofani muvofiqlashtirish va hatto qomatning kamchiliklarini ham yashirishga yordam beradi. Mutaxassislar maslahatlari yordamida mukammal sumka tanlashni o‘rganamiz.

Gap sumkalarning asosiy turlari haqida ketganda ularni uch toifaga ajratish mumkin:

Hamma kerakli narsalarni o‘z ichiga sig‘diradigan katta sumka. Uni ishga, uzoq vaqtga bog‘larga sayr qilishda yoki shopping qilishda ishlatish mumkin. Bu tekstil, charm, sun’iy matolardan qilingan shoxo, boker, ryukzak bo‘lishi mumkin.

Ish yuzasidan bo‘ladigan uchrashuvlar yoki suhbatlarga taqiladigan chiroyli sumka. U o‘z shaklini yo‘qotmaydigan va A4 formatidagi hujjatlar, yengil noutbuk yoki planshet sig‘adigan bo‘lishi kerak.  Vaqt o‘tishi bilan burchaklari va bukilgan joylari buzilmasligi uchun u tabiiy charmdan qilingan bo‘lsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

Teatr, tantanali kechalar yoki uchrashuvlar uchun sumka. Har tomonlama qulay bo‘lgan sumka — zanjirli yoki zanjirsiz klatch. O‘zingizga mos keladigan rangini topishga harakat qiling: u sizning har qanday kechalik libosingizni ajoyib tarzda to‘ldiradi.

Sumkaning kattaligi. U sizning bo‘yingizga va qomatingizga mos kelishi kerak. Agar siz to‘ladan kelgan bo‘lsangiz, unda yirik bezaklari bo‘lgan katta sumkalarni tanlang. Agar siz noziq qomatli bo‘lsangiz, unda katta sumka kulgili ko‘rinishi mumkin.

Rangi. Qora rang hamma liboslarga mos tushadi deyishadi. Bu noto‘g‘ri: bunday sumka faqat axromatik rangdagi liboslar bilan yarashadi. Qish fasli uchun to‘q rangli sumkalarni tanlaganingiz ma’qul.

Manba: “Stylist-online.info”

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-09-2017, 15:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют