» » Janubiy Koreya KXDR yadro sinovidan so‘ng atmosferada ksenon-133 izotopi izlarini aniqladi

Janubiy Koreya KXDR yadro sinovidan so‘ng atmosferada ksenon-133 izotopi izlarini aniqladi


Janubiy Koreya yadro xavfsizligi agentligi KXDRdagi yangi yadro sinovidan so‘ng atmosferada radiofaol ksenon-133 izotopi izlarini aniqladi. Bu haqda agentlik vakili Chxve Chon Be ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”. 

“Qo‘lga kiritilgan ma’lumotlar asosida portlashning aniq kuchi va termoyadro yoki yadro qurilmasi sinovi o‘tkazilganini aytish mushkul. Biroq ksenon-133 Shimoliy Koreya sinovi mahsuli ekanligi aniq”, — ta’kidladi Chxve Chon Be.

Agentlik vakiliga ko‘ra, Janubiy Koreya aholisi salomatligi va ekologiya uchun tahdid mavjud emas. 

Ma’lumot uchun, ksenon tabiatda uchraydigan inert gaz bo‘lib, uning izotopi, jumladan, yadro reaksiyasi natijasida sun’iy ravishda hosil bo‘ladi. 

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (13-09-2017, 16:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют