» » AQShdagi oilalarning 2016-yildagi o‘rtacha daromadi o‘tgan asrdagi rekordni yangiladi

AQShdagi oilalarning 2016-yildagi o‘rtacha daromadi o‘tgan asrdagi rekordni yangiladi


AQShdagi uy xo‘jaliklarining 2016-yildagi o‘rtacha daromadi 59 ming dollarni tashkil etdi va o‘tgan asrdagi rekordni yangiladi. Bu haqda AQSh ro‘yxatga olish byurosi hisobotiga tayanib, The Washington Post ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”. 

Avvalgi rekord qayd etilgan 1999-yilda uy xo‘jaliklarining o‘rtacha daromadi 58,6 ming dollarga teng bo‘lgandi. 

Etnik guruhlar tahlili kelib chiqishi Osiyodan bo‘lgan amerikaliklar katta farq bilan eng ko‘p daromad olganini ko‘rsatdi: o‘tgan yili ularning oilalarida o‘rtacha daromad 81 ming dollardan ortiqni tashkil etdi.

Qora tanli amerikaliklar oilalari daromadi o‘tgan asrdagi ko‘rsatkichdan ham pastga tushib ketdi: 1999-yilda ular o‘rtacha 41,4 ming dollar daromad qilgan bo‘lsa, 2016-yilda bu raqam 39,5 ming dollarni tashkil etdi. 

Oq tanli amerikaliklar daromad bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi (65 ming dollar). Kelib chiqishi Lotin Amerikasidan bo‘lgan oilalar esa 2016-yili o‘rtacha 47,6 ming dollardan daromad qildi.

Byuro ekspertlariga ko‘ra, AQShdagi oilalarning o‘tgan yili o‘rtacha daromadi oshgani ko‘plab amerikaliklar to‘liq ish kunidan iborat ish topgani yoki ko‘proq haq to‘lanadigan ishga o‘tgani bilan izohlanadi. 

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-09-2017, 16:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 67) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют