» » Surxondaryoda hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha 4 ta sektor tashkil etildi

Surxondaryoda hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha 4 ta sektor tashkil etildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 8-avgustdagi “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyati ?joylardagi dolzarb muammo va masalalarni o‘rganish, hal etish, aholi turmush farovonligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda, deb yozadi O‘zA.

Mazkur tizimga muvofiq, Surxondaryo viloyatidagi tuman va shaharlarni to‘rt sektorga bo‘lishda ularning ixtisoslashuvi atroflicha o‘rganilib, hududlarga hokim, prokuror, ichki ishlar va davlat soliq idoralari rahbarlari biriktirildi. Viloyat hokimiga Angor, Qiziriq, Sherobod, Sariosiyo tumanlari, viloyat prokuroriga Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Sho‘rchi tumanlari biriktirildi. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Muzrabot, Termiz, Oltinsoy, Uzun, viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Denov, Boysun tumanlari va Termiz shahriga mas’ul etib belgilandi.
“Yangi mexanizm tadbirkorlik subyektlari, fermer xo‘jaliklari, aholi, ayniqsa, ayollar va yoshlarni qiynayotgan dolzarb muammolarni, shuningdek, hududning rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan kamchiliklarni aniqlash va joyida hal etish, davlat va hududiy dasturlarning o‘z vaqtida, sifatli bajarilishini ta’minlashda yuksak samaralar bermoqda”, —deyiladi xabarda.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (13-09-2017, 17:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 43) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют