» » Maktab direktorlarini urgan tuman hokimi uzr so‘radi. Uning ishi paxta mavsumidan so‘ng ko‘rib chiqiladi

Maktab direktorlarini urgan tuman hokimi uzr so‘radi. Uning ishi paxta mavsumidan so‘ng ko‘rib chiqiladi


Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani hokimi Nosirjon Egamberdiyev mahalliy maktablar direktorlarini kaltaklagani tasvirlangan video tarqalgach, viloyat hokimligi mutasaddilari bu vaziyatni chuqur o‘rganishga kirishdi. “Kun.uz” nashrining ma’lumot berishicha, 12-sentabr oqshomida viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev Sayxunobod tumaniga kelib, yig‘ilish o‘tkazgan.

Mavzuga doir: Tuman hokimi maktab direktorlarini kaltaklagani aks etgan video tarqaldi (video)

Unda tuman hokimi hamda maktablarning direktorlari ham ishtirok etgan, Nosirjon Egamberdiyev o‘qituvchilardan uzr so‘ragan. Yig‘ilishda ushbu vaziyat yuzasidan hali tegishli chora ko‘rilishi, u uzr so‘rash bilan qutula olmasligi qayd etib o‘tilgan.

“Hokimning ishi paxta terimi mavsumidan keyin ko‘rib chiqiladi. Uning ishda qolishi masalasi taqdiri yuqoridan keladigan ko‘rsatmaga bog‘liq”, — deya ma’lum qilgan “Kun.uz” manbasi.

Nosirjon Egamberdiyev Sayxunobod tumaniga 2016-yilning oktabrida hokim etib tayinlangandi. U bungacha Sirdaryo viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

Sirdaryo viloyat prokuraturasi tuman hokimi maktab direktorlarini kaltaklagani bilan bog‘liq vaziyatni tekshirishni boshlagani ma’lum qilingandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-09-2017, 17:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют