» » Chortoqda ichki ishlar bo‘linmasi foydalanishga topshirildi

Chortoqda ichki ishlar bo‘linmasi foydalanishga topshirildi


Chortoq tumani, Peshqo‘rg‘on qishlog‘ida 9-sonli ichki ishlar bo‘linmasi foydalanishga topshirildi. Bu haqda “Daryo”ga Namangan viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi. 

16 ta mahallada istiqomat qiluvchi 50 mingdan ortiq fuqaroga xizmat ko‘rsatishi ko‘zda tutilayotgan mazkur bo‘linmada barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

Navbatchilik qismi, profilaktika inspektorlari, tezkor xodimlar, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish guruhi hamda boshqa sohaviy xizmat vakillari murojaatlarni shu yerning o‘zida ko‘rib chiqib, ularga yechim topishda aholiga ko‘maklashadi. 

Ma’lumot uchun, Namangan viloyatida yana 10 ta shunday bo‘linma tashkil etilishi rejalashtirilgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (13-09-2017, 18:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют