» » Toshkent viloyatida qotillikka qo‘l urgan kishi umrbod qamoqqa hukm etildi

Toshkent viloyatida qotillikka qo‘l urgan kishi umrbod qamoqqa hukm etildi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi sudlov hay’ati tomonidan 1981-yilda tug‘ilgan Mahkamov Shavkatjon Shukurjonovichga nisbatan umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Bu haqda Toshkent viloyati prokuraturasi ma’lum qildi.

Ish hujjatlariga ko‘ra, muqaddam uch marta sudlangan Sh. Mahkamov Yuqorichirchiq tumanida yashovchi N. Kimning uyida yollanma ishchi sifatida ishlab kelib, oldindan o‘ylangan rejaga asosan 15-aprel kuni uy egasi va uning turmush o‘rtog‘i Ye. Kimlarga oshxona pichog‘i bilan qurollangan holda hujum qilib, ularni o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan o‘ldirgan.

Shundan so‘ng jabrlanuvchilarga tegishli bo‘lgan jami 82 ming dollar va 7 million so‘m miqdoridagi pub mablag‘lari, shuningdek, 18 million so‘mlik turli buyumlar va Chevrolet Spark avtomashinasini qo‘lga kiritib, voqea joyidan yashiringan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Sh. Mahkamov 17 aprel kuni qo‘lga olinib, undan tegishli ashyoviy dalillar olingan.

Sud hukmiga asosan Sh. Mahkamov javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish, bosqinchilik, avtotransport vositasini olib qochish va boshqa o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (13-09-2017, 21:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 101) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют