» » Kim Chen Inning serdaromad biznesi, Trampning to‘qqizinchi nabirasi, Putinni haqorat qilgan nemis jurnali va kunning boshqa muhim xabarlari

Kim Chen Inning serdaromad biznesi, Trampning to‘qqizinchi nabirasi, Putinni haqorat qilgan nemis jurnali va kunning boshqa muhim xabarlari


13-sentabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. Kim Chen Inning butun dunyo bo‘ylab serdaromad biznesi borligi aniqlandi. Harbiy masalalar bo‘yicha mutaxassis Andrea Berger hujjatli filmda aytib berishicha, Pxenyanda bunday maqsadlar uchun “39-ofis” tashkil qilingan.

2. Donald Tramp to‘qqizinchi marta bobo bo‘ldi. Prezident Donald Tramp ham ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘g‘lini tabrikladi.

3. Nemis jurnali Putinni oshkora haqorat qildi. Nashrning joriy yildagi sonlaridan birida “Kansler Angela Merkel Putinning itidan qo‘rqadi, biroq it Putindan emas”, degan jumla qo‘llangan.

4. O‘zbekistonga shakar bojxona to‘lovisiz olib kiriladigan bo‘ldi. 15-sentabrdan boshlab shakarqamish yoki qandlavlagi shakari va qattiq holatdagi kimyoviy toza saxaroza (o‘simlik shakari) O‘zbekistonga nol stavkadagi bojxona import to‘lovi hamda aksiz solig‘i asosida olib kiriladi.

5. Birinchi marta ayol kishi Singapurga prezident bo‘ldi. Halima Yakob Singapurning yangi prezidentiga aylandi, u yaqin vaqtlargacha parlament spikeri sifatida faoliyat yuritib kelgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (13-09-2017, 21:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 24) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют