» » Dubaydagi eng qimmat pentxaus 27 mln dollarga sotildi

Dubaydagi eng qimmat pentxaus 27 mln dollarga sotildi


Nomini oshkor etishni istamagan xaridor Birlashgan Arab Amirliklaridagi eng qimmat 3 pentxausdan birini 102 million dirhamga (27,7 million dollar atrofida) xarid qilib, yangi rekord o‘rnatdi. Bu haqda Omniyat kompaniyasi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda UAE Inside. 

Oldingi rekord atigi 60 million dirhamdan (16,3 million dollar) iborat edi. 

Kompaniyaga ko‘ra, qurilayotgan One Palm loyihasida 3 ta basseyn bo‘lishiga qaramay, xaridor bino tomida yana bir, “yolg‘iz o‘zi uchun” basseyn barpo etishni so‘ragan. 

Xarid qilingan pentxaus taklif etilgan uchtasining orasida eng kattasi bo‘lib, maydoni 9083 kvadrat metrga teng. Undan Dubai Marina va ko‘rfazning ajib qiyofalari namoyon bo‘ladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (14-09-2017, 01:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют