» » Jirinovskiy nogiron hayotining ma’nosiz ekanligi haqidagi gaplaridan so‘ng o‘g‘lini yoqladi

Jirinovskiy nogiron hayotining ma’nosiz ekanligi haqidagi gaplaridan so‘ng o‘g‘lini yoqladi


RLDP yetakchisi Vladimir Jirinovskiy o‘g‘li, liberal-demokratlardan Davlat dumasi vitse-spikeri Igor Lebedevning pozitsiyasini qo‘llab-quvvatladi. U patologiya aniqlangan taqdirda homiladorlikni to‘xtatish foydasiga fikr bildirgan edi. Bu haqda 13-sentabr, chorshanba kuni “TASS” xabar berdi.

Jirinovskiyning fikricha, patologiyalar kelajakda insonlarni xarob qilishi mumkin. “Insoniyatni qutqarish lozim”, — dedi siyosatchi jurnalistlarga. U shifokorlar ayollarning homiladorlik davrida homila rivojlanishidagi buzilishlarni aniqlashi mumkinligini ta’kidladi.

Shu bilan birga siyosatchi dunyoga kelgan nogiron bola yashamasligi kerakligi haqida gap ham bo‘lishi mumkin emasligini ta’kidladi.

Kuni kecha Lebedevning so‘zlari jamoatchilik rezonansini keltirib chiqardi. Deputat qo‘llari yo‘q qizcha oyoqlari yordamida ovqatlanayotgan Twitter’dagi videorolikka “Nega bunday bolalarga dunyoga kelishga ruxsat berishadi, axir bu hayot emas, azob-ku?! Zamonaviy tibbiyot patologiyalarni oldindan aniqlay oladi”, — degan izoh qoldirgan edi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (14-09-2017, 01:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 69) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют