» » 16 ta operatsiyani boshidan o‘tkazgan surxondaryolik erkak Toshkentda bepul davolanishga yo‘llanma oldi

16 ta operatsiyani boshidan o‘tkazgan surxondaryolik erkak Toshkentda bepul davolanishga yo‘llanma oldi


Surxondaryo viloyatida joriy yilning 11—13-sentabr kunlari O‘zbekiston Prezidenti devonining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati mas’ul xodimlari, turli vazirlik, muassasa va idoralar, mahalliy hokimlik, davlat va jamoat tashkilotlarining rahbarlari? ishtirokida sayyor qabullar o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Sayyor qabullarning birida Termiz shahri Navro‘z mahallasida yashovchi M.Tillayevaning murojaati hal qilindi. Uning turmush o‘rtog‘i buyrak-tosh kasalligiga chalingan, II guruh nogironi bo‘lib, 16 marta operatsiya qilingan.

Ayni vaqtda yana davolanishga muhtoj, biroq oilaning mablag‘i yo‘qligi sababli.sayyor qabul vaqtida ayol shu masalada yordam so‘rab murojaat qilgan. Murojaat ijobiy qondirilib, ayolning turmush o‘rtog‘iga Toshkent shahrida bepul davolanish uchun yo‘llanma berildi.

Sayyor qabulda fuqarolarning 900 ga yaqin murojaati ko‘rib chiqilib, aksariyati joyida o‘z yechimini topgan.

Surxondaryo viloyatidan joriy yilning o‘tgan davrida O‘zbekiston Prezidentining Virtual qabulxonasiga yuborilgan murojaatlarning 14930 tasi viloyatda o‘z yechimini topgan. Hal etilishi vaqt talab etadigan 527 ta murojaat o‘rganib chiqilmoqda.

Prezidentning viloyatdagi Xalq qabulxonalariga fuqarolar va xo‘jalik yurituvchi subyektlardan 17248 ta ariza, 14019 ta shikoyat va 98 ta taklif kelib tushgan. Ularning 11154 tasi qanoatlantirilib, 1470 tasi rad etilgan. 14574 tasiga tushuntirish berilib, 4167 tasi tegishli tartibda o‘rganib chiqilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (14-09-2017, 06:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют