» » Dog‘istonda 9 yoshli qizcha ikki nafar bolani yong‘indan qutqardi

Dog‘istonda 9 yoshli qizcha ikki nafar bolani yong‘indan qutqardi


Dog‘istonning Babayurt qishlog‘ida Milana Yusupova ismli to‘qqiz yoshli qizcha yonayotgan kvartiraga kirib, u yerdan besh va olti yoshli ikki nafar bolani olib chiqdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Uchinchi sinf o‘quvchisi bo‘lgan bu qizcha uyning ikkinchi qavatidan chiqayotgan tutunni ko‘rgan, keyin esa yordamga chaqirayotgan bolalarning ovozini eshitgan.

“Men uchun juda qo‘rqinchli bo‘lgan bo‘lsa ham, o‘sha uyga kirdim. Ichkariga kirgach, qizlarni chaqirdim. Ular meni eshitdi va oldimga keldi. Shundan so‘ng men ularning qo‘lidan ushladim va tashqariga tomon yurdim. Uyim yaqiniga kelguncha shu tariqa yurdik”, — deb hikoya qilgan to‘qqiz yoshli qizcha.

Hodisa sanasi, yong‘in sababi va oqibatlari haqida xabar berilmagan. Qizcha onasining topshirig‘iga binoan qandaydir narsa olib kelish uchun qo‘shnisinikiga borgan ma’lum, xolos.

O‘quvchi qizga Rossiya FVV tomonidan “Jasorat yulduzlari” festivalida mukofot topshiriladi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (14-09-2017, 07:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют