» » Endi davlat idoralariga murojaat qilganda elektron raqamli imzo talab qilinmaydi

Endi davlat idoralariga murojaat qilganda elektron raqamli imzo talab qilinmaydi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-sentabr kuni “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan yangi tahririga imzo chekdi, u 13-sentabrdan kuchga kirdi, deb xabar berdi “Gazeta.uz”.

2014-yilning oxirida qabul qilingan Qonunga kiritilgan asosiy o‘zgartirishlardan biri, elektron murojaatlarni tasdiqlash uchun talab qilinadigan elektron raqamli imzoning bekor qilinganligi. Shu bilan birga jismoniy yoki yuridik shaxslarni identifikatsiya qilishga ruxsat bermaydigan elektron murojaatlar anonim hisoblanadi va ko‘rib chiqilmaydi.

Qonun nafaqat davlat organlari, davlat muassasalari va ularning mansabdor shaxslariga, balki davlat ishtirokidagi hamda fuqarolarni o‘zini-o‘zini boshqarish tashkilotlariga ham tegishli.

Qonundagi “Xalq qabulxonalari va virtual qabulxonalar” bobi xalq qabulxonalarining va O‘zbekiston Prezidentining virtual qabulxonasini, shuningdek, davlat hokimiyati organlari, tashkilotlari va ularning mansabdor shaxslarini qabul qilish faoliyatini tartibga soladi.

Murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibiga o‘zgartirish kiritilmagan. Ariza yoki shikoyatlar 15 kun ichida, takliflar esa bir oy ichida (agarda qo‘shimcha o‘zgartishlar talab etilmasa) ko‘rib chiqiladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (14-09-2017, 10:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют