» » Konsullik muassasalari interaktiv xizmatlardan foydalanishni kengaytiradi

Konsullik muassasalari interaktiv xizmatlardan foydalanishni kengaytiradi


O‘zbekiston Prezidentining 12-sentabrdagi farmoyishi bilan Tashqi ishlar vazirligining aholi bilan “to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqoti” yakunlarini amalga oshirish bo‘yicha muassasalararo ishchi guruh tuzildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

5-iyul kuni bo‘lib o‘tgan “to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot”da fuqarolik, yo‘qotilgan hujjatlarni qayta tiklash, yaqinlar va qarindoshlarni qidirish, qiyin hayotiy vaziyatlarda yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq muammolarga daxldor o‘nlab murojaatlar kelib tushgandi.

Doimiy asosda faoliyat ko‘rsatadigan muassasalararo ishchi guruh fuqarolarning konsullik-huquqiy masalalar bo‘yicha vazirliklar va muassasalarga aloqador murojaatlarini har tomonlama o‘rganishni, shuningdek, ular bo‘yicha fuqarolarning buzilgan huquqlari va qonuniy manfaatlarini qayta tiklash va himoya qilishga yo‘naltirilgan qarorlarni xolisona va o‘z vaqtida qabul qilishni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.

Ishchi guruhning vazifalari qatoriga chet eldagi konsullik muassasalari faoliyatida interaktiv davlat xizmatlari qo‘llanilishini kengaytirish yo‘li bilan fuqarolar murojaatlari bilan ishlashga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish ham kirdi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (14-09-2017, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют