» » Rossiya mudofaa vazirligi “G‘arb-2017” mashg‘ulotlari nomiga izoh berdi

Rossiya mudofaa vazirligi “G‘arb-2017” mashg‘ulotlari nomiga izoh berdi


Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari Aleksandr Fomin Rossiya va Belarusning qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari “G‘arb-2017” deb nomlanishi sabablariga izoh berdi. Bu haqda “Gazeta.ru” ma’lum qildi. 

Fominga ko‘ra, mashg‘ulotlar tinchlik ruhida kechadi va faqat mudofaa ko‘rinishiga ega. Sharqiy Yevropa va Boltiqbo‘yi davlatlari aholisi esa “xotirjam uxlashi” mumkin. 

“Mazkur nom keng, siyosiy ma’noda G‘arb davlatlari, Yevroittifoq yoki NATO a’zolarini o‘z ichiga oladigan jug‘rofiy atama sifatida qabul qilinmasligi lozim. ‘G‘arb’ Rossiyaning g‘arbi va undan ham g‘arbroqda joylashgan Belarusni anglatadi”, — dedi mudofaa vazirining o‘rinbosari. 

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-09-2017, 12:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют