» » “Labbay rais” filmi sentabr oyining ikkinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi

“Labbay rais” filmi sentabr oyining ikkinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi


Rejissor Otabek Mirzaxolovning “Labbay rais” filmi sentabr oyining ikkinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda, Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi.

Sentabr oyining ikkinchi haftasi kinoreytingida “Labbay rais” filmidan keyingi o‘rinlarni Aziz Rametovning “Arslon izidan”, Azamat Axrorovning “Qaysarginam 2”, Jur’at Sotiboldiyev, Saidpo‘lat Hakimovlarning “Ahmadboy va Rahmatboy”, Otabek Mirzaxolovning “Jonim yig‘loqi” filmlari band etgan.

Ma’lumot uchun, hozirda Alisher Navoiy nomli kinosaroyda “Qobiliyat”, “Aldagani quda yaxshi”, “Bebahoginam” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda.

Filmlar namoyishlari jadvali bilan “Daryo.Afisha”da tanishish mumkin.

1-o‘rin. “Labbay rais” (komediya)
Rejissor – Otabek Mirzaxolov

2-o‘rin. “Arslon izidan” (jangari, drama)
Rejissor – Aziz Rametov

3-o‘rin. “Qaysarginam 2” (komediya)
Rejissor – Azamat Axrorov

4-o‘rin. “Ahmadboy va Rahmatboy” (komediya)
Rejissor – Jur’at Sotiboldiyev, Saidpo‘lat Hakimov

5-o‘rin. “Jonim yig‘loqi” (komediya)
Rejissor – Otabek Mirzaxolov

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (14-09-2017, 13:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 81) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют